Янгиликлар
20
Yangiyer shahar adliya bo'limi faoliyati o'rganildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov tomonidan Yangiyer shahar adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlarning sifati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi va tezkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, ariza va hujjatlarni qabul qilish jarayonlari bevosita kuzatilib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul xodimlarga xizmat sifatini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.