Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Gulistonda yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda



Guliston shahrida “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur seminar yoshlarni oilaviy hayotga ongli va mas’uliyatli yondashuv asosida tayyorlash, ularning huquqiy, psixologik hamda ma’naviy bilimlarini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda Guliston shahar FHDY bo‘limi inspektori L.Xudoyberdiyeva ishtirok etib, Oila kodeksi, er-xotin huquq va majburiyatlari, nikohni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga psixologik muvozanat va muomala madaniyati, ota-onalik mas’uliyati masalalari yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Yakunida nikohlanuvchi yoshlarga sertifikatlar topshirildi.