Янгиликлар
20
Bepul yuridik xizmat va tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Markazlar tomonidan bepul yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilangan.
Shu asosda Oqoltin, Sardoba hamda Sayxunobod tumanlari Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari tashabbusi bilan tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda yetim bolalar uchun bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, ularning umumiy sog‘ligi, jismoniy rivojlanishi va salomatlik holati chuqur tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tadbir doirasida ota-onalar va vasiylarga bolalarning huquqiy himoyasi, ijtimoiy nafaqalar, imtiyozlar hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.