Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘I v.b. J.Komilov norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishlarida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berdi


Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘I v.b. J.Komilov norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishlarida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Ta’kidlanganidek, huquqni qo‘llash amaliyoti doirasida davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taqdimnomalar va ogohlnomalar kiritilib, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi.

Huquqiy targ‘ibot yo‘nalishida esa aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida qonunchilikdagi yangiliklarni tushuntirish, jinoyatchilikning oldini olish, firibgarlik va kiberjinoyatlardan ogohlikni oshirish maqsadida turli uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilgani qayd etildi. Shuningdek, sayyor qabullar va davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali fuqarolarga amaliy yordam berildi.