Янгиликлар
20
Kontrafaktsiz oy
Sardoba tuman davlat xizmatlari Markazi xodimlari tomonidan tuman markazidagi “Paxtaobod” dehqon bozori hamda tuman markazidan olis hududda joylashgan Paxtakor va Birlashgan mahalalari hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Tadbir davomida faoliyat yuritayotgan, biroq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ishlayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda tadbir jarayonida bir qator fuqarolar joyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, ularga tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda davom ettirish uchun zarur maslahat va ko‘maklar ko‘rsatildi.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga kontrafakt mahsulotlarni farqlashda zarur bo'lgan katalog va tarqatma materiallar tarqatildi.