Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yangiyer shahar “Fazilat” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi


Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kamoljon Xalikov ishtirok etib, mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida nizoli vaziyatga tushib qolgan hamda ajrim yoqasiga kelgan oilalar, probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganildi hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.