Янгиликлар
23
Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Tadbir davomida korrupsiyaning oldini olish, unga imkon yaratib beradigan shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Soha xodimlariga xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish zarurligi batafsil tushuntirildi.
Muloqotda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi, eng muhimi, inson salomatligi bilan bog‘liq sohada bu illatning ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi misollar orqali tushuntirib berildi.
Yakunda ishtirokchilar o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilib, jamoada korrupsiyaga oid muammolar, mavjud xavf omillari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.