Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ogoh bo'ling firibgar


Bugungi kunda texnologiyalar rivojlanishi bilan firibgarlikning yangi usullari, ayniqsa, kiberjinoyatlar ko‘payib bormoqda. Fuqarolarimizni bunday xavflardan himoya qilish maqsadida Shirin shahrida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

"Ogoh bo‘ling, firibgar!" aksiyasi doirasida 2-sonli MTTda o‘tkazilgan ushbu tadbirda  Adolat SDP Sirdaryo viloyati Yoshlar qanoti, Shirin shahar adliya bo‘limi, Shirin shahar IIB va Nuroniylar jamiyati Shirin shahar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida MTT xodimlari bilan muloqot qilinib, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik bo‘yicha hayotiy misollar keltirildi. Plastik karta ma'lumotlarini begonalarga bermaslik, shubhali havolalarga kirmaslik va "yutuqli o‘yinlar"ga aldanib qolmaslik bo‘yicha tushunchalar berildi.