Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

OGOH BO‘LING, FIRIBGAR: ALDOV TO‘RLARIGA TUSHIB QOLMANG!


Bugungi kunda texnologiyalar rivojlanishi bilan birga, afsuski, kiber-firibgarlik va turli aldov yo‘llari orqali fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ham ko‘paymoqda. Bunday vaziyatda eng samarali qurol — bilim va ogohlikdir!

Bugun Guliston shahridagi 16-umumta’lim maktabida aholi va yoshlar o‘rtasida kiber-jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda F. Umurzakova — O‘zbekiston “Adolat” SDP Guliston shahar Kengashi raisi, E. Abduraxmonov — Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati, Kapitan Abduhalilov Abdurauf Abduqahhorovich — Sirdaryo viloyati IIB Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, L. Tursunov — Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga quyidagi muhim tavsiyalar berildi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilarga kundalik hayotda asqotadigan muhim eslatmalar yozilgan tarqatma flayerlar ulashildi.

Firibgarlar har doim yangi usullarni o‘ylab topishadi, lekin bizning hushyorligimiz ularning yo‘liga g‘ov bo‘la oladi
— deya ta’kidlashdi deputatlar.