Янгиликлар
24
Zo‘ravonlikning oldini olish – ustuvor vazifa
Guliston tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VMQ-48-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qaror zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlarni tizimli tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida jabrlangan bolalarni erta aniqlash va ro‘yxatga olish, ularga tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish masalalari atroflicha tushuntirildi.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.