Янгиликлар
25
Xavfsiz mahalla - barqaror jamiyat poydevori
Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Ittifoq mahallasida “Xavfsiz mahalla — barqaror jamiyat poydevori” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali yo‘lga qo‘yishda adliya organlarining o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Dastlab mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, xususan, jinoyatchilikning oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bandlik, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.
Mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jarayonida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, zarur tushuntirishlar berildi. Tadbir doirasida uyma-uy yurib, fuqarolar bilan suhbatlashildi.