Янгиликлар
25
Gulistonda yoshlar oilaga tayyorlanmoqda
Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi va Guliston shahar FHDY bo'limi bilan birgalikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” dasturi asosida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ushbu kurslarda nikohni rasmiylashtirish uchun ariza topshirgan yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda shaharning FHDY bo‘limi inspektori, otinoyi, imom-xatib ishtirok etib, yoshlarga oilaviy hayotning turli jihatlari bo‘yicha tushuntirishlar berdilar.
O‘quv mashg‘ulotlari yakunida tamomlagan 14 nafar yoshga maxsus sertifikatlar topshirildi.