Янгиликлар
25
OGOH BO‘LING, FIRIBGARLAR TUZOG‘IGA TUSHMANG!
Oqoltin tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar va pedagoglar ishtirokida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir "Adolat" SDP Oqoltin tuman Kengashi hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Elyor Matjonov bilan hamkorlikda “Ogoh bo‘ling — firibgar” aksiyasi doirasida tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: So‘nggi vaqtlarda ko‘payib borayotgan firibgarlik turlari, ayniqsa, kiberjinoyatchilik va onlayn aldovlardan aholini, xususan, yoshlarni ogoh etish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishdir.
Ma’ruzada quyidagi muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tildi:
Plastik kartalardagi maxfiy kodlarni (SMS kod) begonalarga mutlaqo bermaslik;
Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali havolalarga (ssilka) kirmaslik;
Aldov yo‘li bilan o‘zgalar mulkini o‘zlashtirishning huquqiy oqibatlari.
Tadbir davomida ishtirokchilar firibgarlik qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javoblar olishdi.