Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

OCHIQ MULOQOT TASHKIL QILINDI


Bugun Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Telegram” messenjeridagi aloqa kanali orqali shahar aholisi uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida kadrlar salohiyati va professional rivojlanish masalasida so‘z bordi. Muloqotda adliya xodimlarining malakasini oshirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash, xizmat sifatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, malaka oshirish kurslari, tajriba almashish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va aholiga tezkor hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishning ahamiyati tushuntirildi.

Muloqot jarayonida fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar berildi.