Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

KONTRAFAKT MAHSULOTLARDAN EHTIYOT BOʻLING!


Oqoltin tumani, “Koʻrkam-Diyor” MFY da joylashgan savdo obyektlarida “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida  tadbirkorlarga  “Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish”  mavzusida profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda kontarfakt mahsulotlarning asl mahsulotlardan farqi, ushbu kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, chiqarish, sotish yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish uchun qonunchilikda belgilangan choralar haqida maʼlumot berildi.

Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlar kataloglari va boshqa targʻibot materiallari tarqatildi.

Kontrafakt mahsulotlardan ogoh boʻling, qalbaki mahsulotga aldanib, oʻzingizning hamda yaqinlaringizning sogʻligiga beeʻtibor boʻlmang.