Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sirdaryoda Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot


Yoshlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Sirdaryo tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari,  huquqiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o'tdi.