Янгиликлар
27
Sirdaryoda “Yoshlar kuni”: ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur tashabbus yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda boshliq o‘rinbosarlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotlarda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, bandlik masalalari, tadbirkorlikni boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, kundalik hayotda uchrayotgan muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbirlar davomida yoshlar o‘z tashabbus va g‘oyalarini ham ilgari surdilar.