Янгиликлар
28
"Adliya bog'i"ga nihollar ekildi
Bugun Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ezgu tashabbusni amalga oshirdilar. Xodimlar bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘chat ekish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar.
Tadbir Guliston shahrining Mirzaobod tumani bilan chegaradosh hududidan ajratilgan yer maydonida tashkil etildi. Mazkur maydonda “Adliya bog‘i”ni barpo etish maqsadida mevali va manzarali daraxt nihollari yerga qadaldi.
Hashar yo‘li bilan o‘tkazilgan tadbirda jamoaviy birdamlik, hamjihatlik va mas’uliyat alohida namoyon bo‘ldi. Har bir xodim o‘z hissasini qo‘shib, kelajak avlod uchun yashil makon yaratishga hissa qo‘shdi.
“Adliya bog‘i” nafaqat hududning ekologik muhitini yaxshilash, balki aholi uchun fayzli va so‘lim maskan yaratish vaa obodlikni ta’minlashga xizmat qiladi.