Янгиликлар
02
Guliston shahridagi 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlar ishtirokida keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi
Uchrashuv davomida Adliya bo'limi xodimlari tomonidan giyohvandlik, korrupsiya va firibgarlik jinoyatlarining jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri, ayniqsa yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishning muhim jihatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar, taʼlim, bandlik va tadbirkorlik yoʻnalishlaridagi qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari haqida maʼlumot berilib, yoshlarni mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishga chaqirildi.
“Adliya sayillari” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda FHDY boʻlimi xodimlari ishtirok etib, oʻz faoliyat yoʻnalishlari, aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari va ularning afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berdilar.