Янгиликлар
02
Sirdaryoda “Magicar” tovar belgisi bilan bog‘liq qonunbuzarlik aniqlandi
Sirdaryoda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. "Magicar" “Segi limited” kompaniyasining ishonchli vakili “O.T.P” MCHJ murojaatiga asosan viloyat hududida faoliyat yuritayotgan “P.A.M” MChJ hamda “Q.S” YaTTga tegishli savdo nuqtalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida “Magicar” tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan, ya’ni kontrafakt mahsulot nusxasi savdoga qo‘yilgani aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzarlik yuzasidan “P.A.M” MChJ va “Q.S” YaTTga nisbatan qonunchilikka muvofiq ta’sir choralari qo‘llanildi.
Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazing. Agar brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelsangiz, Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.