Янгиликлар
02
Adliya aralashuvi bilan xodim foydasiga 38 338 375 soʻm undirib berildi
Yangiyer shahar adliya bo'limi tomonidan fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida kiritilgan taqdimnomasi to'liq qanoatlantirildi.
Qisqa tafsilot shuki, Yangiyer shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻliminingAKTni joriy etish va ta’lim tashkilotlarini raqamlashtirish metodisti lavozimida ishlovchi D.Xga 2024-yil noyabr oyidan buyon belgilangan tartibdagi 100 foizli ustama to'lanmagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-son Farmonining 7-bandiga koʻra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga masʼul xodimlariga lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama berilishi shart.
Adliya boʻlimi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga tayanib, ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻliq hajmda toʻlashi shartligini sudda asoslab berdi.
Taqdimnoma ta'sir chorasi qo'llanilishi natijasida zimmasiga jami 38 338 375 so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama to'lovlari to'lab berildi.
Javohir Komilov,
Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i v.b.