Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qo‘shimcha to‘lov xodim foydasiga hal etildi


Guliston tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sanitariya-gigiena bo‘limida 2023-yildan buyon vrach yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan R.A 2023–2025-yillar davomida qonunchilikda belgilangan 15 foizlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib Guliston tuman Adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Murojaat asosida olib borilgan o‘rganish davomida haqiqatan ham xodimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga asosan belgilangan 15 foiz miqdoridagi ustama to‘lovlar to‘lanmagani aniqlandi.

Vaholanki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-ilovasi 1.19-bandiga ko‘ra, vrach-epidemiologlar, entomologlar, parazitologlar, sanitariya vrachlari yordamchilari hamda ayrim laboratoriya xodimlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanishi aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 244-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, xodimga bajarilgan ish uchun belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirishi shartligi belgilangan.

Biroq, Guliston tuman sanitariya-gigiena bo‘limi rahbariyati mazkur talablarni bajarmagan va natijada fuqaro R. Aga jami 9 991 768 so‘m miqdoridagi ustama pullari to‘lanmay qolgan.

Holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ko‘rib chiqilgan ish natijasida fuqaro R. A foydasiga 9 991 768 so‘m miqdoridagi ustama pullarini undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i qabul qilindi.



Farhod Siddikov,

Guliston tuman adliya bo'limi boshlig'i