Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

TIBBIYOT XODIMLARI DIQQATIGA: FIRIBGARLIK TUZOG‘IGA TUSHIB QOLMANG!


Sirdaryo viloyatida "Ogoh bo‘ling, firibgar!" aksiyasi o‘z ko‘lamini yanada kengaytirmoqda. Bu galgi manzilli targ‘ibot tadbiri Shirin shahar Tibbiyot birlashmasida soha xodimlari va shifokorlar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari birlashib, firibgarlikning oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdilar. Unda Shaxzod Dilshodov – "Adolat" SDP Sirdaryo viloyati Yoshlar qanoti raisi, Ilhom Karabayev – Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati, Jamshid Urunbayev – Shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i, Shukurullo Hasanov – Soha mutaxassisi, Avaz Ergashev – "Do‘stlik" MFY profilaktika inspektori ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida asosiy e’tibor bugungi kunda shifokorlar va tibbiyot xodimlari duch kelishi mumkin bo‘lgan kiber-tahdidlarga qaratildi. Adliya bo‘limi va profilaktika inspektori tomonidan firibgarlik qurboniga aylanganda darhol qaysi organlarga murojaat qilish kerakligi bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar berildi.

Ma’lumotlarni begonalarga ishonish — jinoyatchiga yo‘l ochish demakdir
— deb ta’kidlashdi mutaxassislar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga ogohlikka chorlovchi eslatmalar va bukletlar tarqatildi. Shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy asoslangan javoblarni olishdi.