Янгиликлар
03
Guliston shahar adliya bo‘limida matbuot anjumani tashkil etildi
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Adliya idoralari faoliyati ochiqligi va shaffofligi - korrupsiyaning oldini olish omili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Anjumanda Adliya bo'limi boshlig'i Safarboy Tog'ayev adliya organlari faoliyatida ochiqlik tamoyillarini kuchaytirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan islohotlar va bu borada amalga oshirilayotlar ishlar haqida axborot berdi.
Shuningdek, tadbirda korrupsiyaning oldini olish faqat nazorat yoki jazo choralari bilan emas, balki ochiq muloqot, jamoatchilik nazorati va axborotdan erkin foydalanish orqali ta’minlanishi qayd etildi.
OAV vakillarining savollariga atroflicha javoblar berilib, ochiqlikni ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.