Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“BOSS” va “HUGO BOSS” mahsulotlarining kontrafakt nusxasi savdosiga chek qoʻyildi


Sirdaryo viloyat adliya boshgarmasi ish yurituviga “HUGO BOSS AG” kompaniyasiga tegishli IR 1614451 va IR 516345 hamda IR 1620990 raqamli guvohnomalar bilan muhofazaga olingan brendining kontrafakt nusxasini Guliston shahrida faoliyat yurituvchi ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan noqonuniy ravishda savdoga taklif qilib, sotib kelayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaat asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida Guliston shaharida faoliyat yurituvchi “S.E.” MCHJ va “N.A.”YATT  tadbirkorlik subyektlariga qarashli savdo doʻkonida “BOSS” va “HUGO BOSS” tovar belgilari ostida kontrafakt mahsulotlarni savdoga taklif etib, sotib kelayotganligi holati aniqlandi.

Mazkur huquqbuzarlik holati boʻyicha tegishli tartibda taʼsir choralar qoʻllanilib, kontrafakt mahsulotlarning savdosiga chek qoʻyildi.