Янгиликлар
04
Sirdaryo tumanida vakolatli organlar bilan kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.
Sirdaryo tumanida Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda kontrafakt mahsulotlarning yashirin ishlab chiqarilishi va ularni realizatsiyasini oldini olish yuzasidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda targ’ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Unda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish tovar belgisiga doir qonunchilikni buzish hisoblanishi, ushbu xarakatlar uchun javobgarlik choralari mavjudligi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlar kataloglari va boshqa targʻibot materiallari tarqatildi.