Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Xovos tumani davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo‘limi faoliyatida o‘rganish ishlari olib borildi


Jarayonda fuqarolar tomonidan yuborilayotgan arizalarning rad etilish sabablari tahlil qilindi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida uchrayotgan tashkiliy va texnik kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, olis va chekka hududlarda yashovchi fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida JSHSHIR bo‘yicha ma’lumotlarni axborot tizimiga o‘z vaqtida va to‘liq kiritib borish, fuqarolarda FHDY bo‘limiga onlayn murojaat qilish madaniyatini shakllantirish va elektron xizmatlardan foydalanish ko‘nikmasini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.