Янгиликлар
04
"Huquqiy avtokarvon" loyihasi amalda
Mirzaobod tumani adliya bo'limi tomonidan “Huquqiy avtokarvon” loyihasi doirasida "Oqoltin" mahallasida sayor qabul o'tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari o'rganib chiqildi. Shuningdek, kiberjinoyatlarni oldini olish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - my.gov.uz ning imkoniyatlari yuzasidan tushunchalar berildi.
Sayyor qabul jarayonida 10 nafar fuqarolarga sanatoriyada davollanish uchun navbat olish, kredit rasmiylashtirishga taqiq qo'yish, kadastr pasportini shakllantirish, soliq qarsdorliklari mavjud yoki mavjud emasligi to' g'risida malumotnoma olish hamda boshqa xizmat turlari bo'yicha sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.