Янгиликлар
04
MATBUOT ANJUMANI O'TKAZILDI
Guliston tuman adliya bo‘limida korrupsiyaning oldini olish, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirda adliya organlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani jarayonida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, tizimda olib borilayotgan islohotlar, ochiqlik siyosati va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.