Янгиликлар
05
Boyovut tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan savdo obyektlarida kontrafakt mahsulotlarning oldini olish va tadbirkorlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlarning salbiy oqibatlari, ularni tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish yoki boshqa tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi hisoblanishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir doirasida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, noqonuniy savdo faoliyatining oldini olish hamda qonuniy tadbirkorlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayonda kontrafakt mahsulotlar kataloglari hamda sohaga oid targ‘ibot materiallari tarqatilib, ularga qonuniy faoliyat yuritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.