Янгиликлар
05
O‘z brendiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar va fuqarolar diqqatiga!
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan Sirdaryo viloyatida sayyor qabul tashkil etiladi.
Sayyor qabul davomida:
•intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish,
•tovar belgisi va brendni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,
•muhofaza hujjatlarini olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilinadi;
•aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘z intellektual mulk obyektlariga muhofaza hujjatini rasmiylashtirishda muammoga duch kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari qabul qilinadi.
???? Sana: 11-mart
???? Vaqt: soat 10:00
???? Manzil: Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi