Янгиликлар
05
Oqoltin tuman adliya bo‘limi hamda tuman IIB bo`limi hodimlari hamkorligida tumandagi ''Sahovat''MFY da joylashgan 3-son Tehnikumida o`qtuvchi va yoshlar ishtirokida ochiq muloqat tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan PF–6260-son Farmoni hamda PQ–1-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ushbu hujjatlar asosida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni kasbga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va rivojlanish uchun mavjud sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.