Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Muhammadjon 5 yoshida tug'ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo'ldi


Norbutayevlar oilasida 2021-yilda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida o‘g‘il farzand dunyoga kelgan. Biroq oilaning hujjatlarga bo‘lgan e’tiborsizligi sababli farzandning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan. Guliston shahar FHDY bo‘limiga kelib tushgan ushbu mazmundagi murojaat ijobiy yechim topdi.

FHDY bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasining tegishli tashkilotlariga so‘rov xatlari yuborildi va zarur hujjatlar to‘plandi.

Olingan hujjatlar va kerakli ma'lumotnomalar asosida Norbutayevlar oilasining farzandi - Muhammadjonning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.