Янгиликлар
06
Har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur tashabbus doirasida Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari bilan rahbarlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda quyidagi rahbarlar ishtirok etishdi:
Ichki ishlar organlari xodimlari
Yangiyer shahar adliya bo‘limi vakili — M. Djorayeva
“Agrobank” ATB Sirdaryo viloyati boshqarmasi Yangiyer filiali boshqaruvchilari — O`. Yo‘ldashev va O. Q. Normatov
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar bo‘linmasi rahbari — A. I. Abduqodirov
Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Yangiyer shahar bo‘limi rahbari — B.B Donaev
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar o‘tkazilib, yoshlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.