Янгиликлар
06
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA BAYRAM SHUKUHI
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida bayramona muhit hukm surmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan markazlarga tashrif buyurgan xotin-qizlar samimiy tabriklanib, ularga iliq tilaklar bildirilmoqda.
Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan xotin-qizlar ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va hurmatdan mamnun. Negaki, bunday ehtirom va samimiy munosabat ushbu qutlug‘ sanani yanada quvonchli va unutilmas lahzalar bilan boyitmoqda.