Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bahor nafasi bilan kirib kelgan bayram


Ayol bir vaqtning o‘zida mehribon ona, sadoqatli rafiqa, fidoyi hamkasb va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan faol shaxsdir. Shu bois ham ayollarni ulug‘lash, ularning qadrini e’zozlash har qanday jamiyatning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida ham bahoriy kayfiyat hukm surdi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i Jahongir Zoxidov sohada samarali faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ayollar jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi, oilaning mehr-muhabbat manbai ekanini alohida ta’kidladi.
Bayram tadbirida adliya xotin-qizlariga ezgu tilaklar bildirilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Bahor nafasi bilan kirib kelgan ushbu bayram adliya jamoasiga o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlar ulashdi.