Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Sardoba tumani Adliya bo‘limi tomonidan OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.


Matbuot anjumanida joriy yil boshidan buyon adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Jumladan, yil boshidan buyon 15 ta da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy summasi 83 404 359 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, 4 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 6 ta taqdimnoma kiritilgan.

Bundan tashqari, adliya bo‘limiga jami 40 nafar murojaatchining murojaati kelib tushgan bo‘lib, shundan 22 tasi qanoatlantirilgan, 5 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, qolgan murojaatlar esa o‘rganish jarayonida ekani ma’lum qilindi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.