Янгиликлар
10
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda
Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagidan foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng FHDY hamda notarial arxivlarda hujjatlarni saqlash holati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xizmat safari davomida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Jarayonda boshqarmada tashkil etilgan axborot-tahlil, media va situatsion-tahliliy markaz faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida faoliyat samaradorligini ta’minlash, huquqiy kontent va media materiallarni sodda hamda xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.