Янгиликлар
10
Dorixonalarda “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida targʻibot tadbirlari tashkil qilindi
Oqoltin tumani Saxovat mahallasida faoliyat olib borayotgan dorixonalarda, tadbirkorlik subyektlari ishtirokida kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirda tadbirkorlarga kontrafakt mahsulotlarni tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish tovar belgisiga doir qonunchilikni buzish hisoblanishi, ushbu xarakatlar uchun javobgarlik choralari mavjudligi haqida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida kontrafakt mahsulotlar kataloglari va boshqa targʻibot materiallari tarqatildi.