Янгиликлар
11
"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi PF-80- sonli Farmonining 13-bandiga muvofiq Adliya vazirligiga kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish huquqi belgilangan.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻyicha shoʻbasi tomonidan bojxona organi xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizga import qilinayotgan maxsulotlarni oʻrganish va kontrafakt mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelishini oldini olish yuzasidan Sirdaryo viloyat “Oq oltin logistika markazi” bojxona omborida saqlanayotgan mahsulotlar koʻzdan kechirilib, profilaktika tadbiri oʻtkazildi.