Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI


Shirin shahar adliya bo‘limida korrupsiyaning oldini olish, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda adliya organlarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Matbuot anjumani jarayonida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, tizimda olib borilayotgan islohotlar, ochiqlik siyosati va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.