Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Huquqiy avtokarvon Navbahorda


Mirzaobod tumanida sayyor davlat xizmatlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi manzil Navbahor mahallasi bo‘ldi.

Tadbir davomida ro‘yxatdan o‘tmagan dehqon xo‘jaliklarini qonuniylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada jami 15 nafar fuqaroning dehqon xo‘jaliklari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga guvohnomalar topshirildi.

Shuningdek, YIDXP orqali onlayn arizalar shakllantirish,  elektron raqamli imzo olish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.Yer-mulk munosabatlariga doir masalalarda kadastr ro‘yxatiga olish tartibi, ariza va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘mak berildi. Bundan tashqari, yashirin iqtisodiyotning mohiyati, namoyon bo‘lish shakllari, rivojlanish sabablari va omillari, oqibatlari va unga qarshi kurash yuzasidan targ'ibot ishlari olib borildi.