Янгиликлар
11
Adliya tizimida ochiqlik va shaffoflik - korrupsiyaga qarshi muhim omil
Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Nazarov so‘zga chiqib, adliya organlari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, faoliyatda ochiqlikni ta’minlash hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.