Янгиликлар
11
Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan
Giyohvandlik sabab yer yuzida ko‘plab insonlar hayot bilan erta vidolashmoqda, sog‘ligidan ayrilmoqda, oilalar parokanda bo‘lmoqda.
Guliston shahar Adliya bolimi 2-sonli umumta’lim maktabida “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” mavzusida tashkil etilgan tadbirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar tarqalishi va noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning huquq va majburiyatlari, yoshlar siyosati doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.