Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida tadbir



Guliston tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son hamda PQ–2-son qarorlari ijrosi yuzasidan mahallalarda uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etildi. Tadbirlar davomida fuqarolarga mazkur qarorlarning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvlar jarayonida fuqarolarga jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berilib, ularning murojaatlari tinglandi.