Янгиликлар
12
Intellektual mulk sohasida sayyor qabul tashkil etildi
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish hamda aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish maqsadida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbirda tovar belgilari, geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari kabi intellektual mulk ob’yektlarini qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy himoya qilish, ularni tijoratlashtirish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Qabul doirasida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun seminar tashkil qilinib, «Sanoat mulki ob’yektlari portali» orqali onlayn talabnoma topshirish tartibi yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.
Yakunda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va raqamli xizmatlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha ishtirokchilarning takliflari tinglandi.