Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Rahbar va yoshlar uchrashuvi - ochiq muloqot va amaliy yechimlar maydoni


Mirzaobod tumanida joylashgan 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida harbiy xizmatchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi rahbarlari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida samimiy muloqot olib bordilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, adliya va bojxona tizimida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

Uchrashuvning savol-javob qismi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar, adliya va bojxona tizimiga ishga kirish tartibi, tizimda faoliyat yuritish uchun zarur talablar haqida savollariga batafsil javob oldilar.