Янгиликлар
02
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan 14-sonli umumta’lim maktabida “Yoshlar huquqlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning huquq va burchlari, majburiyatlari, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot davomida jinoyat tushunchasi, jinoyat uchun javobgarlik va uning huquqiy asoslari, sudlanganlikning huquqiy ahamiyati, tuhmat va haqorat qilish, terrorizm, pora olish va berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, kabi qilmishlar jinoyat hisoblanishi hamda ular uchun qonunchilikda qat’iy jazolar belgilangani batafsil tushuntirildi.
Tadbirda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, yurtga sadoqat va kelajakka ishonchni oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Suhbat jonli muloqot ruhida o‘tdi.