Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Yangiyerda yashirin iqtisodiyotga qarshi amaliy choralar kuchaytirilmoqda


Yangiyer shahrida yashirin iqtisodiyotning oldini olish hamda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni rasmiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ularni YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Yangiyer shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Yangiyer dehqon bozorida tashkil etilgan tadbir davomida tadbirkorlar va aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, tadbirkorlikni rasmiylashtirish tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ma’lum qilinishicha, jami 131 nafar tadbirkorni YATT tizimiga o‘tkazish hamda ularning faoliyatini QR-kod tizimi orqali rasmiylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayonlarni joriy yil fevral oyi oxiriga qadar to‘liq yakunlash ko‘zda tutilgan.