Янгиликлар
03
IJTIMOIY PROFILAKTIKA HAFTALIGI DOIRASIDA
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qaror ijrosi ta’minlash maqsadida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida adliya boʻlimiga biriktirilgan “Adolat” mahallasi yettiligi va fuqarolar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida nizoli oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topish borasida o‘zaro fikr almashildi.
Tadbir davomida mahalla hududida uyma-uy yurish orqali “Mulk huquqlari kafolatlari” oyligi doirasida tusuntirish ishlari olib borildi.
Jumladan, O'RQ-937-son Qonunga asosan xatlov ishlari yakunlanib, to'lovga chiqqan fuqarolarga turar-joy hujjatlarini rasmiylashtirib, davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha tushunchalar berildi.